Huquqiy

Xavfsizlik to'g'risida ogohlantirish

Yangilangan: 2026-09-01 · Aloqa: privacy@daydi.uz

Tog'lar chiroyli va xavfli. Bu sahifani sayohatdan oldin o'qing.

Daydi qutqaruv xizmati emas

Jonli kuzatuv, kechikish ogohlantirishlari va SOS tugmasi — yordamchi vositalar. Ular aloqa bo'lmasa ishlamaydi va qutqaruv xizmatini chaqirmaydi.

Favqulodda holatda: 112 (yagona qutqaruv), 1050 (FVV qutqaruv xizmati), 1173 (Xavfsiz turizm).

Chiqishdan oldin

Rejangizni ishonchli odamga ayting: qayerga, kim bilan, qachon qaytasiz. Ob-havoni tekshiring; tog'da u tez o'zgaradi.

Oflayn xaritani yuklab oling, telefon zaryadini va zaxira batareyani oling. Suv, issiq kiyim, bosh chiroq va birinchi yordam to'plamini unutmang.

Yo'lda

Belgilangan so'qmoqdan chiqmang. Kechqurun soat 15:00 dan keyin cho'qqiga chiqishni boshlamang. Kuch-quvvatingiz va tajribangizga mos yo'nalish tanlang.

Chegara hududlarida ruxsatnoma majburiy; tunda harakatlanish taqiqlangan. Qo'riqxonalarda kirish qoidalariga rioya qiling.

Ma'lumotlar haqida

Yo'nalishlar, masofalar va byudjetlar — taxminiy. Holat hisobotlari jamoa tomonidan yozilgan va eskirgan bo'lishi mumkin. Har doim o'zingiz baholang.